13/02/2023

📊Xorazm viloyati statistika boshqarmasining   ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimiz 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 17,4 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 20,5 ming tonna uzum eksport qilgan.

Mahsulot eksportining 97,0 %i  Rossiya va Qozog‘iston davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xususan, 2022- yilning 12 oyida Rossiya Federatsiyasiga – 13,6 ming tonna (12,6 mln dollar), Qozog‘istonga  – 6,3 ming tonna (4,1 mln dollar)  uzum eksport qilingan.

 

Axborot xizmati