Xorazm viloyati 2022- yilning yakunlari bo‘yicha xorijga umumiy qiymati 106,9 mln AQSH dollariga yoki jami eksportning 43,6 %ga teng bo‘lgan sanoat tovarlari eksport qilgan.
Davlatlar kesimida eng ko‘p sanoat mahsuloti eksporti Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 45,3 mln dollarni tashkil qilgan.
Sanoat mahsulotlari eksportida boshqa yetakchi davlatlar:
Turkiya – 21,9 mln dollar,
Qirg‘iziston – 9,8 mln dollar,
Qozog‘iston – 5,1 mln dollar.
Axborot xizmati