09/02/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida 1097,4 ming t. sut (2021– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 2,4 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Sut ishlab chiqarish hajmining  94,4%i  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Urganch tumanida qayd etilgan va 133 540 tonnani tashkil qilgan.

Shuningdek, Hazorasp (123 652 t), Xonqa (117 971 t), Shovot (110 621 t), Qo‘shko‘pir (110 261 t) va Gurlan (110 148 t) tumanlarida sut ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lgan.

 

 

Axborot xizmati