Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 174,6 ming t. go‘sht ishlab chiqarildi.
2021– yilning yanvar– dekabriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 4,8 % ga ko‘paygan.
Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, umumiy hajmning 92,1 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani qayd etilgan.
Axborot xizmati