08/02/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning yakunlari bo‘yicha Yangibozor tumanida barcha xo‘jalik toifalari tomonidan hajmi 2,1 trln so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan va o‘sish sur’ati 104,6 foizni tashkil qilgan.

2022- yilning 12 oyida tumanda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi:

 don - 47,5 ming tonna,

kartoshka - 15,2 ming tonna,

sabzavot - 56,7 ming tonna ,

poliz mahsulotlari - 18,7 ming tonna,

meva va rezavorlar - 15,0 ming tonna,

uzum - 5,2 ming tonna.

Shuningdek, tirik vaznda 12,8 ming tonna go‘sht (tirik vaznda), 90,0 ming tonna sut, 32,2 mln dona tuxum ishlab chiqarilgan.

 

Axborot xizmati