06/02/2023

Joriy yilning  6- fevral kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi  mutaxassisi  Yu.Polvanovalar Gurlan tumanidagi “Do‘stlik bog‘i” mahallasidan uy xo‘jaligi kuzatuviga tushgan xonadonlarning  egalari I. Tilovov va B.Ibragimovlar bilan so‘rovnoma o‘tkazdilar.

Kuzatuv jarayonida mazkur uy xo‘jaliklari a’zolarining daromadlari va  iste’mol qilayotgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, aholi turmush darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan boshqa  ma’lumotlar shakllantirildi.

Aytish lozimki, uy xo’jaliklarida o’tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

 

 

Axborot xizmati