06/02/2023

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 15,8 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 63,6 ming tonna mandarin import qilgan.

  Mandarin importi 2021- yil bilan solishtirilganda 28,3 ming tonnaga oshgan.

 O‘zbekiston 2022- yilda mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

 Pokiston – 51,1 ming tonna

 Xitoy – 5,8 ming tonna

 Turkiya – 4,3 ming tonna

 Eron – 778 tonna

 Misr – 442,2 tonna

Matbuot xizmati