02/02/2023

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika boʻlimining rasmiy veb-sahifasida Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha ilgʻor tajribalarga ega davlatlarning ushbu sohada

Oʻzbekiston Respulikasi 2022-yil yakuniga koʻra, 87 ta eng ilgʻor tajribalarga ega davlatlar qatoridan joy oldi.

 BMT saytida mamalakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni kuzatib borish va jamoatchilikni xabardor qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qilindi.

 2019-yilda BMT Taraqqiyot dasturining texnik koʻmagi bilan Oʻzbekiston Respublikasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari koʻrsatkichlari boʻyicha nsdg.stat.uz veb-sayti ishlab chiqilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan veb-sayt oʻzbek, rus va ingliz tillarida yuritiladi.

 BMT saytida keltirilishicha, Statistika agentligi tomonidan 2018, 2019, 2020 va 2021-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston Respublikasida Milliy BRMlarga erishish boʻyicha statistik koʻrsatkichlar toʻplamlari” oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan va nashr etilgan.

 Oʻzbekistonda milliy BRM monitoring tizimi uchun 190 ta indikator dolzarb deb tan olingan.

 Bugungi kunda Statistika agentligi tomonidan yuritiladigan milliy BRM veb saytidida 128 ta milliy BRM koʻrsatkichlari, 60 ta koʻrsatkich esa, “Tracker” BRM boshqaruv panelida joylashtirilgan.

 

Matbuot xizmati