Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 % ga oshgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 12,2 % ga etdi.
2023 -yilning yanvar oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,0 foizga oshdi.
Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,6 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,7 foizga oshdi.
Matbuot xizmati