Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 364,5 trln. so‘mni tashkil etgan
30/01/2023
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 364,5 trln. so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2021- yil bilan solishtirilganda 3,6 % ga ko‘p.
2022- yilda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi:
— Don mahsulotlari – 8 mln. tonna — Kartoshka – 3,4 mln. tonna — Sabzavotlar – 11,2 mln. tonna — Poliz ekinlari – 2,4 mln. tonna — Meva va rezavorlar – 3 mln. tonna — Uzum – 1,8 mln. tonna