Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Mebel mahsulotlari eksporti 2021- yiln bilan solishtirilganda 6,2 mln AQSH dollariga oshgan.
O‘zbekiston 2022- yilda eng ko‘p mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Qirg‘iz R. – 4,2 mln.
Qozog‘iston – 2,1 mln.
Tojikiston – 1,3 mln.
Rossiya – 1,3 mln.
Ozarbayjon – 994 ming
Hindiston – 91 ming
Italiya – 41 ming
Koreya – 37 ming
Germaniya – 26 ming AQSH dollari
Matbuot xizmati