Yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,9 f.p. (2021- yilda – 1,0 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,3 f.p. (2021- yilda – 2,2 f.p.), qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. (2021- yilda – 0,4 f.p.) va xizmat ko‘rsatish tarmog‘i 3,2 f.p. (2021- yilda – 3,5 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi.
Mahsulotlarga sof soliqlarning kamayishi hisobiga YAIM 0,1 f.p. ga pasaydi. 2021- yilda mahsulotga sof soliqlarning YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,3 f.p. ni tashkil etgan.