27/01/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati va mutaxassis-xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati"ida ishtirok etishdi.

“Siyosiy-ma’rifat soati”da  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 25- yanvardagi PF-14-sonli  “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi, o‘tayotgan haftaning dolzarb voqea-hodisalari, ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘quv soati yakunida boshqarmaning bosh yuriskonsulti I.Otajonov Prezident Farmonining  amaldagi ijrosini ta’minlashning huquqiy jihatlari xususida ma’lumot berib o‘tdi.

 

Axborot xizmati