2022- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 17 608,9 mlrd so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 96,1 %ini tashkil etdi.
Ishlab chiqaradigan sanoati hajmining tarkibi:
mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarishning ulushi – 43,7 %
oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 28,6 % ,
to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarish – 22,1 % ,
yog`och va po`kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to`qish uchun materiallardan buyumlar, qog`oz va qog`oz mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi – 1,5 %
kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 0,7 %
metallurgiya sanoati – 0,3 %
Axborot xizmati