Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizning chakana savdo bo‘yicha tovar aylanmasi hajmi 2021- yilning mos davriga 12,6 foizga oshgan.
Tovar aylanmasi tarkibi tahliliga ko‘ra, yirik korxonalar savdo hajmi 52,6 foizga, kichik biznes subyektlarining tovar aylanmasi hajmi 6,7 foizga oshgan.
Viloyat hududlari ichida 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari Urganch shahri (121,9 foiz), Qo‘shko‘pir tumani (119,9 foiz) va Tuproqqal’a tumanida (111,8 foiz) kuzatilgan.
Axborot xizmati