Joriy yilning 20- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi mutaxassisi N.Ro‘zmetova Shovot tumanidagi “ Arbek” mahallasida bo‘lib, uy xo‘jaligi kuzatuviga tushgan xonadon egasi I. Masharipov bilan so‘rovnoma o‘tkazdilar.
Aytish lozimki, uy xo’jaliklarida o’tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Axborot xizmati