23/01/2023
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida O‘zbekistonda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 11,3 % ga oshgan.
O‘zbekistonda havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari 2021- yilning dekabr oyiga nisbatan o‘rtacha 6,4 % ga arzonlashgan.
2022- yilning dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan:
Havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari - o‘rtacha 4 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.
Havo transportida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari - 15,1 % ga oshgan.
Matbuot xizmati