23/01/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 13 414,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan hajm 12,6 %ga oshgan.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida:

yirik korxonalarning tovar aylanmasi  - 2 339,5 mlrd so‘mni (52,6 %ga oshgan),

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi  - 11 075,3 mlrd so‘mni (6,7 %ga oshgan) tashkil etgan.

 

Axborot xizmati