20/01/2023

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda Davlat statistika ishlari Dasturining bajarilishini samarali tashkil etish, viloyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tanlama  tarzda o‘rganish maqsadida  sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdo va qurilish sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari faoliyati  kuzatuvlari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 20- yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasida o‘tkazilgan onlayn seminarda yuqoridagi kuzatuvlarni telefon orqali tashkil etilishi bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilab berilgan yangi  Tartib  xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Seminarda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Egamov va tarmoq bo‘lim boshliqlari (R. Atajonov, U. Matyoqubov, M. Egamov), hududlardagi bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Ta’kidlandiki,  kichik biznes subyektlari faoliyatining oylik ko‘rsatkichlarini telefon so‘rovi orqali baholash va ma’lumotlarni vaqtida onlayn-platformaga kiritish talab etiladi. O‘z navbatida, ushbu ma’lumotlarni Qo‘mitaga o‘z vaqtida va to‘liq taqdim qilinishi hududiy bo‘lim boshliqlariga alohida topshiriq sifatida uqtirib o‘tildi.

 

 

  Axborot xizmati