2023- yilning 20- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari va hududlardagi statistika bo‘limi boshliqlari (onlayn formatda) ishtirok etdilar.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yig‘ilganlarni 2022- yilning 21- dekabrida qabul qilingan “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269- sonli Prezident Farmoni hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-sonli Prezident Qarorining mazmuni bilan tanishtirdi. Shuningdek, ushbu me’yoriy –normativ hujjatlar orqali ijro etuvchi hokimiyat tarkibi va ish tizimiga kiritilayotgan o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati