18/01/2023

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda 5,2 mln. nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 2 968,4 ming nafarga yoki 2,4 martaga oshganini kuzatish mumkin.

  O‘zbekistonliklar 2022 - yilda turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar:

— Qirg‘iz R. – 2446,9 ming nafar

— Qozog‘iston – 1001,3 ming nafar

— Tojikiston – 785,0 ming nafar

— Turkiya – 305,9 ming nafar

— Rossiya – 250,7 ming nafar

— BAA – 128,3 ming nafar

— Saudiya Arabistoni – 69,4 ming nafar

— Misr – 36,8 ming nafar

— Quvayt – 24,0 ming nafar

— Janubiy Koreya – 23,1 ming nafar

— AQSH – 16,6 ming nafar

— Ozarbayjon – 12 ming nafar

— Hindiston – 10,6 ming nafar

— Gruziya – 8,2 ming nafar

— Germaniya – 7,1 ming nafar

 Matbuot xizmati