18/01/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan xonadonlar mavjud mahallalarda tanlama kuzatuvlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha bir qator seminarlar tashkil etildi.

Xususan, boshqarma boshlig‘i v.b. A.O‘tamuratov  Shovot tumanidagi “Arbek” mahallasida, uning o‘rinbosarlari X.Egamov Bog‘ot tumanidagi  “O.Otajonov” mahallasida,  U.Bardiyev Qo‘shko‘pir tumanidagi “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lib, mahalla faollariga  kuzatuvlardan asosiy maqsad ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish, olingan ma’lumotlardan aholi farovonligini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda keng foydalanish ekanligi bo‘yicha ma’lumotlar berdilar.

Shuningdek, Bog‘ot tumanidagi “O.Otajonov” mahallasida tanlama kuzatuvga tushgan Jumaniyozov Mahkamboyning xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvi ham o‘tkazildi.

 

 

Axborot xizmati