17/01/2023

2023- yilning 1- yanvar holatiga viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) 3 335 tani tashkil qilgan.

Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,5 foizga  yoki 567 taga oshgan.

Ushbu korxonalarning 92,1 %ni dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati