17/01/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar sohasida 2021- yilning shu davriga nisbatan 14,6 %ga  o‘sish qayd etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori o‘sish ta’lim xizmatlari (29,7 %), moliyaviy xizmatlar
(27,4 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (23,8 %), ijara xizmatlarida  (13,2 %)  kuzatilgan.

 2021- yil yanvar-dekabr oylarida yuqori o‘sish sur’atlari  yashash va ovqatlanish (161,1 %) va  sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarda (130,3 %) kuzatilgan edi.

 

 

Axborot xizmati