17/01/2023

Uy xo'jaliklarida aholining turmush darajasini o‘rganish maqsadida tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarini o‘tkazish jarayonida o‘rganish dislokatsiyasiga tushgan hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega.
Shu sababdan, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi tomonidan shu yilning 17- yanvar kuni viloyatning Bog‘ot, Gurlan, Xiva, Hazorasp va Urganch tumanlarida tanlama kuzatuvga tushgan uy xo‘jaliklari joylashgan mahallalarda seminarlar tashkil etildi.

Seminarlar mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va faollariga mazkur kuzatuvlarning mohiyatini tushuntirish va uni samarali o‘tkazilishida faollar ko‘magini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Suratlarda: Xiva tumani “Sirchali”, Urganch tumani “Qumrabot”, Gurlan tumani “Do‘stlik bog‘i”, Bog‘ot tumani “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan tushuntirish ishlari.

 


Axborot xizmati