O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalari soni 10 522 tani tashkil etgan.
Umumta’lim muassasalari soni so‘nggi 5 yilda 748 taga oshgan.
Yillar kesimida umumta’lim muassasalari soni:
2018/2019- o‘quv yili boshiga – 9774 ta
2019/2020- o‘quv yili boshiga – 10090 ta
2020/2021- o‘quv yili boshiga – 10181 ta
2021/2022- o‘quv yili boshiga – 10289 ta
2022/2023- o‘quv yili boshiga – 10522 ta
Umumta’lim muassasalari soni 1991/1992- o‘quv yili boshiga nisbatan 1965 taga oshgan.