Joriy yilning 12-yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi L. Jabbarovalar uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan Xonqa shaharchasi “Muqaddas” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar S.Abdullayev va Q.Ibodullayevlarning xonadonida so‘rovnoma o‘tkazish jarayonida ishtirok etdilar.
Xonadon a’zolari bilan yakka tartibdagi so‘rovnoma asosida tashkil etilgan kuzatuv ma’lumotlari planshet qurilmasiga qayd etib borildi.
Axborot xizmati