Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Bardiyev va boshqarmanini Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi A.Qurbanovlar shu yilning 11- yanvar kuni Hazorasp tumanidagi “Bog‘i eram” MFYda uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan Dilmurod Masharipovning xonadonida so‘rovnoma o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.
Aholi turmush darajasining statistik ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan ushbu tanlama kuzatuvi yakka tartibdagi so‘rovnoma asosida tashkil etiladi va uy xo‘jaligi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, uy xo‘jaligining daromadlari va harajatlari, ichki turizm va aholining jismoniy faolligi, AKT vositalaridan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Axborot xizmati