O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida paxta yog‘i narxlari noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan.
Paxta yog‘i narxlari 2022 yil davomida o‘rtacha 7,4 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.
2022- yilning dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan:
O‘simlik yog‘lari narxlari - o‘rtacha 1,4 % ga arzonlashgan.
Kungaboqar moyi narxlari - o‘rtacha 1,3 % ga arzonlashgan.
Sariyog‘ narxlari - o‘rtacha 1,6 % ga oshgan.
Matbuot xizmati