11/01/2023

2023- yilning 10- yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasida narx kuzatuvlarini tashkil etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar ishida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov, Narx statistikasi (Sh.Babajonov) va Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi (R.Otajonov) bo‘limi boshliqlari ishtirok etishdi.

 Unda dehqon bozorlari va doʻkonlardagi narx-navoni o‘rganish bo‘yicha joriy qilingan yangi haftalik oʻrtacha kuzatuvlarini tashkil etish masalalari muhokama qilinib, natijalari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuning barobarida, hududlardagi registratorlarning mazkur kuzatuvlarni tashkil etish, hisob-kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirish borasidagi bilim va koʻnikmalari darajasini aniqlash yuzasidan suhbat ham o‘tkazildi.

 


Axborot xizmati