O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizdan hajmi jami 2,9 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 250,5 mln AQSH dollariga oshgan.
2022- yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 1,2 mlrd.
— Turkiya – 482 mln.
— Qirg‘iz R. – 458 mln.
— Xitoy – 253 mln.
— Eron – 75 mln.
— Polsha – 73,2 mln.
— Qozog‘iston – 55,3 mln.
— Tojikiston – 54,5 mln.
— Belarus – 39,2 mln.
— Italiya – 36,9 mln AQSH dollari
10/01/2023