09/01/2023

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2535,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich viloyatda shu davrda ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 15,6 %ni tashkil qilgan.

Hududlar kesimida eng yuqori hajm Urganch shahri (580,5 mlrd so‘m), Urganch tumani (430,9 mlrd so‘m) va Tuproqqal’a tumani (227,5 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati