07/01/2023

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 11 oyida 65,6 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

 Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 39,1 ming nafarga yoki 2,5 martaga oshgan.

 11 oyda  davolanish maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni:

Tojikiston — 34,1 ming kishi

Qozog‘iston — 23,9 ming kishi

Qirg‘iz R. — 6,4 ming kishi

Rossiya — 1,1 ming kishi

Turkiya — 37 kishi

 

  

  Matbuot xizmati