Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 121 taga oshgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p nikoh Qashqadaryo (3621 ta) va Samarqand (3320 ta ) viloyatlarida qayd etilgan.
Xorazm viloyati FHDYO organlarida shu davr mobaynida 2342 ta nikoh qayd qilingan.