Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 % ga oshgan.
2022- yil davomida iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish darajasi 12,3 % ga yetdi.
2022- yilning dekabr oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,7 %ga oshdi.
Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,8 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 1,1 %ga oshdi.
04/01/2023