Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.
Anjir eksporti 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,7 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p anjir eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 6,9 ming tonna
Rossiya – 189 tonna
Qirg‘iz R. – 84 tonna
Bеlarus R. – 4,1 tonna
BAA – 1,3 tonna
2022- yilning 11 oyida xorijga eng ko‘p anjir eksport qilgan hududlar:
— Xorazm viloyati – 2,7 ming tonna
— Surxondaryo viloyati – 2,6 ming tonna
— Namangan viloyati – 1,1 ming tonna
Axborot xizmati