Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 9- dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 milliondan oshdi.
Shundan:
Erkaklar – 18,1 mln. kishi
Ayollar – 17,9 mln. kishi
2022- yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 83 197 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga oshgan.
O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 41 o‘rinda qayd etilgan.
Matbuot xizmati