2022- yilning 11 oyida viloyatda 5 499 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31,1 %ga oshgan.
Eng ko‘p yangi korxona va tashkilot:
- hududlar bo‘yicha Urganch shahri (737 ta), Urganch tumani (577 ta), Qo‘shko‘pir tumani (498 ta) va Bog‘ot tumani (494 ta),
- iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha savdo (2 021 ta), sanoat (1 133 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (877 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati