09/12/2022
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlashtirilayotgan investitsiyalar natijasida 1629 o‘ringa mo‘ljallangan kasalxonalar ishga tushirilgan.
Ulardan 879 o‘ringa mo‘ljallangan muassasalar qishloq joylarda faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida jami smenada 3425 ta qatnovga mo‘ljallangan ambulator-poliklinikalar ishga tushirildi. Shundan smenada 1625 ta qatnovga mo‘ljallangan muassasalar qishloq joylarda ishga tushirildi.
Ma’lumot o‘rnida, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada ishga tushirilgan:
suv tarmog‘i – 1756,7 km (83,2 %i qishloq joylarda)
gaz tarmog‘i – 33,4 km (57,2 %i qishloq joylarda)
Matbuot xizmati