Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan.
Olma eksporti 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 12,6 ming tonna
Rossiya – 4,2 ming tonna
Qirg‘iz R. – 1,5 ming tonna
Turkmaniston – 163 tonna
2022- yilning 10 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:
— Farg‘ona viloyati – 5 ming tonna
— Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna
— Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna
Matbuot xizmati