09/12/2022

Tuproqqal’a tumanida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida suv ta’minoti va  kanalizatsiya tizimlarini  rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan asosiy kapitalga 15,2 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich tumanda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalarning 4,3 %ni tashkil qilgan.

Tumanda 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 356,8 mlrd so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,1 %ga oshgan.

 

Axborot xizmati