07/12/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 % ga o‘sdi.

 Ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davrida 5,3 % ga o‘sgan edi. Taqqoslash uchun, joriy yilda aholi jon boshiga YAIMning o‘sishi o‘tgan yilning mos dariga nisbatan 1,7 % ga sekinlashgan.

 Yillar kesimida aholi jon boshiga YAIMning o‘sish (kamayish) sur’atlari:

— 2018- yil yanvar-sentabr – 3,8 %

— 2019- yil yanvar-sentabr – 3,7 %

— 2020- yil yanvar-sentabr – -1,4 %

— 2021- yil yanvar-sentabr – 5,3 %

— 2022- yil yanvar-sentabr – 3,6 %


Matbuot xizmati