Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning noyabr oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 3,1 % ga oshgan.
Sartaroshxona xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 25 % ga o‘sgani kuzatilgan.
2022- yilning noyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan:
Ayollar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari - o‘rtacha 2,6 % ga oshgan.
Erkaklar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari - o‘rtacha 3,6 % ga oshgan.
Kosmetolog xizmatlari o‘rtacha 2,5 % ga oshgani kuzatilgan.
Matbuot xizmati