05/12/2022

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 5 930,9 mlrd. so‘mni, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati esa 111,1 % ni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Andijon viloyatida qayd etildi – 27,9 %.

Hududlar kesimida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarining o‘sish sur’atlari, %:

 O‘zbekiston Respublikasi  - 111,1

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 117,5

Andijon – 127,9

Buxoro – 112,8

Jizzax – 106,7

Qashqadaryo – 109,9

Navoiy – 98,7

Namangan – 107,9

Samarqand – 94,4

Surxondaryo – 117,2

Sirdaryo – 111,0

Toshkent – 70,1

Farg‘ona – 110,6

Xorazm – 113,3

Toshkent shahri – 123,4



Matbuot xizmati