2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Gurlan tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 803,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
2021- yilning 10 oyi bilan taqqoslaganda o‘sish sur’ati 109,3 % darajada qayd etilgan.
Jami hajmning 99,4 % kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tumanda aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi o‘rtacha 5 261,3 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan.
Bu viloyat bo‘yicha Urganch shahri (26 255,4 ming so‘m)dan keyingi ko‘rsatkichdir.
Axborot xizmati