Xonqa tumanining shu yilning yanvar-oktabr oylaridagi tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 43,3 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.
Shundan, eksport - 24,6 mln dollar (56,8 %)ga, import – 18,7 mln dollar (43,2 %)ga teng bo‘lgan.
Tuman eksportida yuqori ulush sanoat tovarlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 67,0 %ni tashkil qilgan.
Import umumiy hajmida esa mashinalar va transport asbob-uskunalari importi 85,7 %ni tashkil etgan.
Axborot xizmati