Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 40 % ga oshgan.
2022- yilning 10 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
— Qozog‘iston – 36,2 %
— Rossiya – 24,1 %
— Braziliya – 14,7 %
— Belarus – 4,3 %
— Pokiston – 2,0 %
— Ekvador – 1,6 %
— Xitoy – 1,5 %
— Turkiya – 1,4 %
— Hindiston – 1,3 %
— Indoneziya – 1,1 %
— Boshqa davlatlar – 11,8 %
Matbuot xizmati