Xiva shahrida joriy yilning 10 oyida 370,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Xizmatlar hajmida yirik korxonalarning ulushi - 24,4 %ni, kichik biznes subyektlarining ulushi – 75,6 %ni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori ulush savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 33,2 %ni yoki 122,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Xiva shahrida aholi jon boshiga xizmatlar hajmi o‘rtacha 3 862,8 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Axborot xizmati