01/12/2022

Shu yilning  30- noyabrida, ya’ni viloyatimizda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlari uchun tashkil etilgan  “Statistika asoslari” bo‘yicha uch kunlik o‘quv seminarining oxirgi ish kunida, ushbu tadbirning ishtirokchilarga statistik hisobotlarni  taqdim etish intizomi va ularning normativ-huquqiy hujjatlarda tasniflanishiga oid ma’lumotlar berildi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni (14-modda) va “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksi (215-modda) bo‘yicha tushuntirish berar ekan, mansabdor shaxslarning davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining etti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishiga alohida  to‘xtalib o‘tdi.

 Shu bilan birgalikda statistika sohasida ma’muriy choralarni qo‘llash  qanday holatlarda va tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati