Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 20,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 15,6 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.
Yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston 2022- yilning 10 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 5,3 ming tonna
Qozog‘iston – 2,8 ming tonna
Ozarbayjon – 1,9 ming tonna
Afg‘oniston – 927 tonna
Turkmaniston – 912 tonna
Qirg‘iz R. – 791 tonna
Xitoy – 735 tonna
Pokiston – 664 tonna
Matbuot xizmati